Morata nimadan afsusda?
"Atletiko" Madrid forvardi Alvaro Morata faoliyati davomida "Xetafe" va "Real"da o‘ynaganidan afsuslanmoqda.
“Bolaligimda “Atletiko” uchun o‘ynaganman. Ulg‘aygach esa nimanidir o‘zgartirish kerakligini his qildim va “Xetafe”ga o‘tdim. Keyin esa “Real”ga. Hozir “Atletiko”dan tashqari boshqa ispan klublarida o‘ynaganimdan afsuslanyapman”, - deydi Morata.
Morata 2005-2007 yillarda “Atletiko”ning yoshlar jamoasida to‘p surgan. Keyin esa “Xetafe” va “Real”da o‘ynagan.
Fikrlar