Morataning transferi "Atletiko"ga qanchaga tushdi?

  • 06.07.2019 23:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" Madrid hujumchi Alvaro Morataning transferi uchun "Chelsi"ga qancha mablag‘ to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi “matraschilar”ga 65 mln evroga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Moratani joriy yilning yanvarida “aristokratlar”dan 18 oyga ijaraga olishgan edi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” Moratani 2017 yil “Real” Madriddan 66 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 72ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!