Mourinyo yarim himoyada kimlarga ishonadi?

  • 09.07.2026 12:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu yangi mavsumda asosiy tayanadigan yarim himoyachilar ro‘yxatini belgilab oldi.

Insayder Ramon Al'vares tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis kelayotgan mavsumda Jud Bellingem, Orelien Chuameni, Arda Gyuler, Federico Valverde va Bernardo Silvaga asosiy kuch sifatida ishonch bildirmoqchi. Shu bilan birga, fransuz yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Mourin'yu rejalariga kirmagan. Shu sababli klub futbolchiga yangi jamoa izlashni faol boshlab yuborgan. Mutaxassislar Kamavinganing ehtimoliy transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «qirollik klubi» biror sovrin qo‘lga kirita olmagan edi. Mavsum boshida jamoani Xabi Alonso boshqargan, 2026 yil boshida esa uning o‘rnini Al'varo Arbeloa egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!