Mourin'yo "Real" uchun erkin agent yarim himoyachini tanladi — u Ronalduning sobiq jamoadoshi

  • 10.07.2026 15:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marselo Brozovich Saudiyaning "An-Nasr" klubini tark etgach, erkin agentga aylangan edi. Endi u Ispaniyaning eng nufuzli jamoalaridan biri safini to‘ldirishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 33 yoshli Brozovichni madridlik "Real" erkin agent sifatida, ya'ni transfer uchun to‘lovsiz qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo tajribali yarim himoyachini jamoaga taklif etish g‘oyasiga qiziqish bildirgan. Ehtimoliy shartnoma bir yil muddatga mo‘ljallanishi aytilmoqda.

Yevropada Brozovich avvalo "Inter" tarkibidagi o‘yinlari bilan tanilgan. U 2015 yildan 2023 yilgacha Italiya grandi sharafini himoya qildi. Xorvatiya terma jamoasi safida esa 99 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!