Angliya Premer ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.

Bosh sovringa Frenk Lempard ("Chelsi", 2 ta g‘alaba, 1 ta durang), Joze Mourino ("Tottenxem", 3 ta g‘alaba va 1 ta durang), Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat) va Devid Moyes ("Vest Xem", 3 ta g‘alaba) da’vogarlik qilmoqda.

Oktyabr oyida "Vulverxempton" ustozi Nunu Eshpiritu Santu APLning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!