Mourino “Manchester Yunayted”dan futbolchi chaqirdi
“Manchester Yunayted”ning o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissaka faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xorij matbuotining yozishicha, 24 yoshli futbolchi yozda jamoani tark etadiganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
The Sun nashri angliyalik himoyachini Joze Mourino “Roma”da ko‘rmoqchi ekanini yozmoqda.
Shunga qaramay, Aaron Uan-Bissaka oldida Angliya premer-ligasida qolish varianti ham bor. Iste’dodli o‘yinchiga sobiq jamoasi “Kristal Pelas” ham da’vogarlik qilmoqda.
Aaron Uan-Bissaka “Kristal Pelas” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yili “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan. Bu mavsum premer-liga va Chempionlar ligasida jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.
Amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadigan himoyachining transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar