Mourino “Barsa” futbolchisini Rimga olib keladi

  • 23.08.2021 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning markaziy himoyachisi Kdeman Langle faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun 26 yoshli himoyachini Rimga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchini 25 million evro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga roziligini bildirgan.  “Barsa” o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilarni olish uchun imkon qadar ko‘proq o‘yinchini sotib yuborishga harakat qilyapti.

Kleman Langlening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!