Mourino: Bu futbolchini olib qolmasak bo‘lmaydi
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, yozda jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, Joze Mourino italiyalik yarim himoyachi Brian Kristanteni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Shartnomasi 2024 yilda tugaydigan futbolchi portugaliyalik mutaxassisning yangi mavsum rejalariga kiradi. Mourino Kristanteni jamoaning asosiy figurasi deb biladi.
Italiya nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga bir qancha jamoalar, jumladan "Milan", "Yuventus" va "Sevilya" qiziqish bildirgan. Biroq “Roma” Kristantening vakillari bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlash niyatida.

Fikrlar