Mourino grand klub taklifini qabul qilmoqchi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino PSJni boshqarishga tayyor, deya xabar bermoqda "Foot Mercato" nashri.
60 yoshli mutaxassis Parij klubidan taklif kelsa, uni qabul qilishga tayyor.
Ayni vaqtda Mourino "Roma"da ishlamoqda. U "bo‘rilar" bilan Evropa ligasi finaliga yo‘l olgan. PSJni boshqarayotgan Kristof Galte mavsum yakunida ketishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, Joze ham Rim klubini tark etish niyatida.
PSJ ayni dam Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadam hisoblanadi. Ular chempionlikni qo‘lga kiritishi uchun 1 ochko etarli.

Fikrlar