
Mourino katta o‘zgarish qilmoqchi
“Tottenxem” rahbariyati 2022 yilning yozida shartnomasi tugaydigan asosiy darvozabon Ugo Lyuris o‘rniga boshqasini olmoqchi.
Loris 2012 yildan buyon londonliklar sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Yoshi o‘tib qolayotgan bo‘lsa-da, asosiy tarkibdagi joyini hech kimga bermayapti.
Shunga qaramay, Joze Mourino jamoaga yosh va kuchli darvozabon olishni istayapti. “Tottenxem” bu o‘ringa “Milan” va Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarummani taklif qilish ustidan ish boshladi.
Donnarumma endigina 21 yoshga to‘ldi. U olti mavsumdan buyon Milan klubi darvozasini ishonch bilan qo‘riqlayapti. Janluiji “Mian” klubi tarkibida A Seriyada 187 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Italiyalik posbonning milanliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. “Tottenxem” yanvarda uning agenti Mino Rayola bilan kelishuvga erishmoqchi.
Fikrlar