
Mourino: Men "Usta"man!
“Tottenxem” bosh muabbiyi Joze Mourino jurnalistlar undan o‘ziga ta’rif berishni so‘raganida yangi laqab qo‘yib olganini ma’lum qildi.
- Men "Usta"man. Kata tajriba egasiman. Atrofimda yuz berayotgan voqealar shundan dalolat beryapti.
Shunday kasblar borki, ular maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Masalan, futbolchilik. 40 yoshli o‘yinchi 20 yoki 30 yoshli kabi salohiyatga ega bo‘lmaydi. Agar u Zlatan Ibrohimovich bo‘lmasa. Murabbiylikda esa kallani ishlatish kerak. To‘plangan tajriba va bilimlar seni kuchliroq qiladi, - dedi Mourino.
Mourino joriy mavsumda “Tottenxem”ni Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqish uchun harakat qilmoqda. Uning qo‘l ostida londonliklar kuchli o‘yin ko‘rsatyapti.
O‘runovning raqobatchisiga og‘iz solayotgan Angliya klublari nomi oshkor bo‘ldi
“Oltin to‘p” sohibining o‘g‘li A Seriyada o‘ynaydi
Superyulduz transferi bilan shaxsan Zidanning o‘zi shug‘ullanmoqda
Fikrlar