Mourino PSJda o‘ynayotgan sobiq shogirdini "Tottenxem"da ko‘rmoqchi

  • 16 yanvar, 2021, 11:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vingeri Anxel Di Mariya faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Todofichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga shaxsan "shporlar" ustozi Joze Mourino jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki, ular o‘z vaqtida "Real"da birga faoliyat olib borgan.

Di Mariyaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach, o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq, u Ronaldu bilan birga to‘p surish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Di Mariya joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!