Mourino qattiq gapirdi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi va “Real”ni boshqarayotgan hamkasbi Karlo Anchelotti faoliyati haqida firk bildirdi.
- Meni va Anchelottini hisobdan chiqarishingizga hali erta emasmi? O‘ylashimcha, Anchelottining asosiy muammosi “Everton”ni boshqara turib, Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmasligi edi.
Menga kelsak, odamlar borgan jamoamda yangi sovrinlarni yutadi, deb o‘ylab qolgan. Lekin men boshqargan jamoalar orasida yuksak g‘alabalar kutilmaganlari ham bo‘lgan. Lekin butun faoliyatining davomida muntazam sovrinlarni qo‘lga kiritganingdan keyin hamma shunday o‘ylashi tabiiy holga aylanib qolarkan.
Ko‘p klublar yosh murabbiylarga e’tibor qaratayotgani meni bezovta qilmaydi. Men va Karlo faoliyatimiz bo‘yicha o‘zimiz qaror qabul qiladigan murabbiylarmiz, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar