
Mourino “Real” yulduzini chaqiryapti
“Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino jamoaning etakchi himoyachisi Leonardo Spinatsollining xizmatlaridan kamida yarim yil foydalana olmaydi.
Bu futbolchi Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionati doirasida Belgiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olgan edi.
Endi Mourino Leonardoning o‘rnini bosish uchun “Real”ning tajribali himoyachisi Marseloni Rimga taklif qilmoqda. Braziliyalik futbolchining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga etadi va uni yozgi transferlar vaqtida 7,5 million evroga xarid qilish mumkin.
Fikrlar