
Mourino “Real” yulduzini olib kelmoqchi
Keyingi paytda “Roma” hujumchisi Nikolo Dzanoloning bozori yana qaynay boshladi. Angliya klublari 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda.
Joze Mourino italiyalik o‘yinchi o‘rniga “Real”ning hujumkor futbolchisi Marko Asensioni olib kelishni rejalashtirgan. Bu haqda Calciomercatoweb sayti xabar tarqatdi.
26 yoshli Asensio 2015 yildan beri “Real” sharafini himo qilib kelmoqda. Shu paytga qadar Marko 235 ta o‘yinda 49 ta gol va 24 ta assist muallifi bo‘ldi.
Futbolchining madridliklar bilan shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi.
Nikolo Dzanologa esa “Tottenxem”dan taklif bo‘lyapti. Londonliklar 50 million evroga baholanayotgan futbolchini olish uchun rimliklarga bir necha variant taklif berishga tayyor.
Fikrlar