Mourino "Roma"ning hujumida 2 futbolchini o‘ynatmoqchi. Ular kimlar?
"Roma" Italiya chempionati 19-turini o‘z uyida o‘tkazadi. "Sampdoriya" Rimda mehmon bo‘ladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi. Ushbu bahs oldidan "La gazzetta dello sport" Joze Mourino bugun oldingi chiziqda ikkita futbolchini o‘ynatmoqchiligini yozmoqda. Ular hujumchi Temmi Abraxam va asli yarim himoyachi Nikolo Dzanolo.
Abraxam A Seriyaning 17 turida 6 ta gol urgan. Dzanolo avvalgi turda mavsumdagi ilk golini kiritdi. Shomurodov esa 14 o‘yinda bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar