Mourino Saudiyadan yulduz olib kelmoqchi

  • 21.12.2024 14:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" futbolchisi Anderson Taliska faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 myoshli braziliyalikka Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqmoqda. Joze Mourino boshqaruvidagi jamoa Taliskani qishda xarid qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2016-2018 yillarda "Beshiktosh"da to‘p surgan.

Joriy mavsumda Anderson Saudiya chempionatida 10 ta o‘yinda 6 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!