Mourino Shomurodov, Vina va Klyuyvert o‘rniga o‘yinchi tanladi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto qishki transfer oynasida jamoadan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar masalasini deyarli hal qilib bo‘ldi.
Unga ko‘ra, forvard Eldor Shomurodov “Torino”ga, himoyachi Matias Vina “Betis”ga va hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvert “Valensiya”ga o‘tishi kutilmoqda.
Bosh murabbiy Joze Mourino bo‘shaydigan o‘rinlarga yangi ijrochilarni tanlash bilan band. Portugaliyalik mutaxassis sport direktoridan “Lion” vakili Ussem Auarni transfer qilishni so‘rayapti.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, frantsiyalik yarim himoyachi “bo‘rilar” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Ayni paytda tomonlar biror futbolchining “Roma”ni tark etishini kutmoqda.



Fikrlar