Mourino “Siti” yulduzini kutyapti
Turkiyadagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin o‘z yurtida “Benfika”ni boshqara boshlagan Joze Mourino o‘z odatiga ko‘ra, qo‘l ostidagi jamoaga mashg‘ur o‘yinchilarni jalb etishga harakat qilmoqda.
Mashhur murabbiy “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva xizmatidan foydalanmoqchi. 2017 yildan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilib kelayotgan portugaliyalik hujumkor futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi.
Mourino 31 yoshli o‘yinchini erkin agent maqomida “Benfika”ga qo‘shilishini istayapti.
Bernardu Silva “Mancheste Siti” safida klublar miqyosidagi nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida bosh sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. U muhitni o‘zgartirishni rejalashtiryapti.
Ayni paytda bu futbolchi oldida bir qator variantlar bor. Silva “Manchester Siti”ga kelganidan buyon 418 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 74 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar