Mourino tufayli “Roma”da qolaman!

  • 11 avgust, 2022, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning 23 yoshli universal hujumchisi Nikolo Dzanolo Rimni tark etish fikridan qaytdi. Yozda bu futbolchi jamoadan ketishga harakat qilgandi. Dastlab, unga “yuventus” jiddiy qiziqish bildirdi. Biroq Rim klubi turinliklar taklifini qabul qilmadi.

Bir necha kun avval “Tottenxem” Dzanolo transferini so‘rab, “Roma”ga murojaat qilgandi. Lekin italiyalik hujumchi poytaxtda qolishga qaror qildi.

Nikolo Joze Mourino bilan ishlashda davom etish uchun “bo‘rilar” safida qolishni ma’qul ko‘rgani aytilmoqda.

Italiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi 2018 yildan beri rimliklar sharafini himoya qilib keladi.  U shu paytga qadar jami 111 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!