Mourino yoqtirmagan o‘yinchiga jiddiy klub da’vogar
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa himoyachisi Rik Karsdorpga o‘ziga yangi ish joyi topishini uqtirgan edi.
Niderlandiyalik o‘yinchi oilasi bilan Rimni tark etgani haqida xabar tarqatilganidan ham xabaringiz bor.
Poytaxt klubida yuzaga kelgan vaziyatdan “Yuventus” unumli foydalanib qolmoqchi. Ular Karsdorpni Turinga olib kelishni rejalashtirgan.
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yoshi o‘tib qolayotgan Kaudrado o‘rniga yosh va tezkor qanot himoyachisini olishni mo‘ljallamoqda. Rik Karsdorp italiyalik murabbiyning talablariga mos tushadi.
Turin klubi yanvarda Karsdorpni mavsum oxiriga qadar ijaraga olishga harakat qiladi.

Fikrlar