Mourino "Yuventus"ga qarshi bahsda hujumchilardan birini o‘zgartiradi. Oldingi chiziqda kimlar o‘ynaydi?

  • 9 yanvar, 2022, 11:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya chempionati 21-turidan "Roma" - "Yuventus" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Tecno

"Lagazzettadellosport" nashri Joze Mourino turinliklar bilan bellashuvda tarkibda o‘zgarish qilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis hujumda Temmi Abraxam va Genrix Mxitaryan tandemini maydonga tushirishi taxmin qilingan.

Avvallari oldingi chiziqda Abraxam va Dzanolo juftligi harakat qilayotgandi. Bu gal murabbiy hujumchilardan birini almashtirishga qaror qilgan. Ammo Mourinoda ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilayotgan sof hujumchi Eldor Shomurodov ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!