Mourinoning asosiy nishoni kim?
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi tarkibida og‘ir xarakteri va qaysarligi bilan nom chiqargan Diego Kostani ko‘rmoqchi.
“Atletiko”ning tajribali hujumchisi Jozening yozgi transferlar mavsumidagi asosiy nishonlaridan biriga aylangan. 31 yoshli futbolchining o‘zi ham yana portugaliyalik murabbiy bilan hamkorlik qilishga rozi. Avval Mourino Kostani “Chelsi”da o‘ynatgan edi.
O‘tgan mavsumda Diego Kosta 23 ta uchrashuvda beshta gol urdi. Uning shartnomasi kelasi yil yakunlanishi bois, transferi muammo bo‘lmaydi.
Fikrlar