Mourinoning kutilmagan qarori

  • 03.01.2021 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJni qabul qilib olishi kutilayotgan Maurisio Pochettino “Tottenxem”da qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilarni Parijga olib kelmoqchi.

Maurisio Pochettino “Tottenxem”ni besh yil boshqargan. Bu davr mobaynida Son Xin Min, Dele Alli, Xarri Keyn kabi futbolchilar o‘yini yangi bosqichga ko‘tarilgan edi.

Shu bois, argentinalik murabbiy birinchi navbatda, “Tottenxem”ning hozirgi ustozi Joze Mourinoga ma’qul kelmay qolgan Deli Allini olmoqchi. Shuningdek, o‘z vaqtida “Tottenxem”ning “yuragi” bo‘lgan Kristian Eriksen ham qadrdon ustozi uchun “Inter”ni tark etishga tayyor.

Pochettino Allidan tashqari, londonliklarning asosiy darvozaboni Ugo Lorisni PSJda ko‘rmoqchi.

Argentinalik hamkasbining rejalaridan voqif bo‘lgan Joze Mourino hech qaysi futbolchining ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!