
Muammolar Gvardiolani kasal qildi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola salomatligi yaxshi emasligi va o‘zini bezovta qilayotgan kasalliklari borligini aytdi.
- Menda teri kasalligiga bog‘liq muammolarim bor. Ikki-uch yil ichida ayrim dorilarni qabul qilib yurishim shart.
Men ba’zan asabiylashadigan odamman. Yomon kunlarim bo‘ladi, ko‘p xato qilaman, qo‘polliklar meni asabiylashtiradi. Ba’zan o‘zimni tutolmay qolaman.
Uyqumda xalovat yo‘q, ovqat hazm qilish ham yaxshi emas, doim engil taomlarni iste’mol qilishga majburman, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida “Barselona”, “Bavariya”, “Manchester Siti”da katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Fikrlar