Mudrik: "Biz "Uembli"ga g‘alaba qozonish uchun boramiz"

  • 25.03.2023 15:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik 2024 yilgi Evropa chempionati saralash o‘yini doirasida "Uembli"da bo‘lib o‘tadigan Angliyaga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz "Uembli"ga yana bir o‘yin uchun boramiz, biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Agar biz uch ochko olishni istasak, qattiq ishlashimiz kerak. Agar durang uchun borsak, g‘alaba qozonish qiyin bo‘ladi", dedi Mudrik "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar oyidan beri Mudrik Londonning "Chelsi" klubi tarkibida Angliyada yashab, o‘ynab kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!