Muhammad Saloh: “Liverpul”dan hafsalam pir bo‘ldi!

  • 25 noyabr, 2024, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning klub bilan shartnomasi yakunlanishiga bir necha oy qoldi.

Yanvardan misrlik futbolchi istalgan jamoa bilan hamkorlik borasida muzokaraga kirishishi mumkin. Biroq, “Liverpul” rahbariyatining o‘z hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilmayotgani Salohning hafsalasini pir qilyapti.

Dekabr ham kelib qoldi va men hali klubda qolish taklifini olganim yo‘q. Kelajagim klubdan ko‘ra, undan tashqarida shekilli.

Men ko‘p yillardan beri shu klubdaman. Lekin hech narsa menga bog‘liq emas. Kelajagim borasida biror yangilik yo‘q. Men bu klub muxlislarini yaxshi ko‘raman, ular ham meni yoqtirishini bilaman.

Hozirgacha taklif olmaganim hafsalamni pir qilyapti. Hali yaqin o‘rtada faoliyatimni tugatish niyatim yo‘q va mavsumga qarab o‘ynayveraman. Bu mavsum Angliya Premer-ligasi va imkon qadar Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istayman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Muhammad Saloh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!