
Muhammad Saloh Maykl Ouenni pastga “survordi”
“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining 18-turida “Arsenal” darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Statistika mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, misrlik futbolchi APLda urgan gollari sonini 151 taga etkazib, liga to‘purarlari reytingida kuchli o‘nlikka qo‘shildi.
31 yoshli futbolchi reytingda 150 to‘p kiritgan Maykl Ouenni o‘zidan quyi pog‘onaga tushirib yubordi.
Saloh mavsum oxirigacha reytingda yanada yuqori ko‘tarilishi mumkin. Ro‘yxatda undan yuqori turgan o‘yinchilar quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan:
Jermeyn Defo (162 ta gol), Robbi Fauler (163 ta gol), Terri Anri (175 ta gol), Frenk Lempard (177 ta gol), Serxio Aguero (184 ta gol), Endi Koul (187 ta gol), Ueyn Runi (208 ta gol), Harri Keyn (213 ta gol) va Alan Shirer (260 ta gol).
Fikrlar