Muhammad Saloh muxlislarini xursand qildi

  • 14 noyabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining 12-turida “Brentford” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, misrlik futbolchi Angliya jamoalari safida urgan gollari sonini 200 taga etkazib oldi.

Umumiy hisobda, Muhammad Saloh “Liverpul”da 198 ta, “Chelsi”ida ikkita gol muallifi bo‘lgan.

31 yoshli futbolchi liverpulliklar tarkibida barcha turnirlarda 322 ta o‘yin o‘tkazdan. Shulardan Premer-ligada 147 ta, Evrokuboklarda 44 ta, Angliya kubogida beshta, Liga kubogi va mamlakat Superkubogida bittadan to‘p kiritgan.

Salohning “Chelsi”dagi bir juft goli Angliya Premer-ligasiga bahslariga to‘g‘ri kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!