Muhsin Muhammadiev: "Minimum" vazifa bajarilgani uchun yigitlarga rahmat

  • 24 noyabr, 2019, 01:47
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 24-turida "Qizilqus" Navoiyda "Buxoro" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Tecno

O‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Jangovor o‘yin bo‘lib o‘tdi va uchrashuv menda yaxshi taasurot qoldirdi. Havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan, yigitlar yaxshi harakat qilishdi, durang natijaga loyiq o‘yin ko‘rsatishdi. Safardan ochko bilan qaytish har doim yoqimli, "minimum" vazifa bajarilgani uchun yigitlarga rahmat. To‘g‘ri xatolar ham ko‘zga ko‘rindi, lekin bu futbol, unda xatolarsiz o‘ynashning iloji yo‘q, murabbiylar hamma vaqt ham o‘yindan 100 foiz qoniqa olmaydi, durang adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Endi keyingi ikki uchrashuvni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va mavsumni yuqori notada yakunlashga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
27/11/2019 20:22
Бир бухорони мухлиси бизни фикирга минус босибди аламдан булса керак ёки мухсин тарафдори Мухсин Бухорони барбод килиб булди хайронман
Абдусамат Жураев
24/11/2019 08:20
БУХОРО МУХЛИСИ ХАФА буманг ДИНАМОНИ. АХВОЛИ УНДАНАМ БАТТААРР
Расулжон Тоштемиров
24/11/2019 20:57
Мухсин сен барибир мутахассиз эмасан чупчакни айтаверма бухорони барбод килдинг сен бизга Пахтакорни барбод килиб бер кулингдан келади шунда яхши булади
&
TFT
24/11/2019 07:12
Максимум вазифани қачон бажарасиз мураббий.2 тур қолди.Вазият оғир.