Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig‘inida
Xabaringiz bo‘lsa kerak, “Buxoro” jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini ayni damda Toshkentda olib bormoqda. Murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, mashg‘ulotlar asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Shu bois bugungi kundagi mashg‘ulotda ham futbolchilar asosan jismoniy yuklamalarni olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Endi esa muxlislarning diqqat markazida turgan, tarkibda yuz berayotgan o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgani xususida xabar bergandik. Ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida murabbiylar bir qator futbolchilarni jamoaga taklif etgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bunyodkor"dan ketgan Chemirtan yana "Buxoro"ga qaytishi mumkin
Xususan bugungi mashg‘ulotlarda ishqibozlarga yaxshi tanish bo‘lgan, Shavkat Mullajonov, Rahmatullo Berdimurodov (“Olmaliq”), Shavkat Salomov (“Atirau”- Qozog‘iston), Shahboz Erkinov (“Nasaf”), Sardor Sulaymonov (“Dinamo”) hamda Behruz Sa’dillaev (“Paxtakor”) singari futbolchilar ishtirok etdi.
Sardor Rahmonov yangi mavsumni "Buxoro"da boshlashi mumkin
Ushbu yig‘in chog‘ida jamoa bir nechta sinov-nazorat o‘yinlarida ham maydonga tushadi. Hozircha sparring-raqiblarning nomi ma’lum emas. Bu borada keyingi xabarlarimizda yana ma’lumot berib boramiz.

Fikrlar