Mundialda bizga adolatsizlik qilishyapti
Rossiyaning "Rostov" jamoasidan Eron milliy terma jamoasiga chaqirtirilgan yarim himoyachisi Muhammad Moxebi AQShdagi sharoitlar haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Championat.com sayti.
Eron terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida guruh bosqichidan o‘tish uchun kurashga kirdi.
- Maydonda yomon o‘ynamadik, lekin biz uchun juda og‘ir bo‘ldi. Bilasiz, biz bu yerga faqat tongda yetib keldik, chunki AQShda uzoq qolishimiz mumkin emas. Endi esa yana uchib ketishimiz, ikki kundan so‘ng, yana bu yerga qaytib kelishimiz kerak.
Biz bilan adolatli munosabatda bo‘lishmayapti, lekin qo‘limizdan nima ham keladi? Futbol uchun bu yaxshi emas, — dedi Muhammad Moxebi.
Guruh bosqichi 1-turida Eron terma jamoasi Yangi Zelandiya qarshi maydonga tushdi va uchrashuv durang bilan yakunlandi — 2:2. Ushbu o‘yinda Moxebi o‘z jamoasi hisobiga bir gol qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar