Murabbiy Evropaga ketmoqchi bo‘layotgan Umarovning xarakterini “sindirmoqchi”!

  • 7 aprel, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya, Ukraina, Belarus va hatto Qozog‘iston chempionatlari o‘zbekistonlik futbolchilar uchun Evropaga yo‘l ochish imkoniyatiga ega ekani bugungi kunda hech kimga sir emas. Chunki bu mamlakat ligalaridagi etakchi klublar Evrokuboklardagi ishtiroki orqali futbolchilarga o‘zini evropalik mutaxassislarga namoyish qilishi mumkin. Qolaversa, UEFAga a’zo chempionatlar doir e’tibor va kuzatuvda.

Tecno

Jumladan, Eldor Shomurodovning Rossiya premer-ligasidan “Jenoa”ga, Jasur Yaxshiboevning Belarusdagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng Polsha chempioni “Legiya”ga o‘tgani yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘ladi.

Aslida hamyurtlarimizning Evropaning kuchli chempionatlarini ko‘zlayotganidan quvonishimiz kerak. Lekin Evropaning kuchli yoki o‘rtamiyona ligalari to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekistondan biror futbolchini transfer qilishiga hech kim ishonmaydi. Shu bois, o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarining maqsad sari yurishlarini Rossiya, Belarus va Ukraina jamoalaridan boshlanayotganini oqlash mumkin.

Evropaning kuchliroq chempionatlariga ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri Shahboz Umarovdir. Bu futbolchi Belarusdagi ikkinchi mavsumini juda muvaffaqiyatli boshladi. Uning bu yilgi maqsadi ham aniq - chempion bo‘lish, eng ko‘p gol urish va golli paslar bo‘yicha ham etakchiligini ko‘rsatish.

0095e898611eba711a350f7811851

Hozircha natija yomon emas. Uchta uchrashuvda uchta gol. BATE sekin-asta o‘zbek legioneriga bog‘lanib qolmoqda. Aslida ham borisovliklar Shahbozni etakchi roliga taklif etgan.

Xorij nashrlarining yozishicha, Umarovning ham “ko‘hna qit’a”ning kuchliroq chempionatiga olib ketishlariga shubha yo‘q.

- Vaqti kelib, Umarovning ham Evropa klublariga o‘tganini ko‘rishimiz shubhasiz. Buning uchun u maydonida mahoratini ko‘rsatishda va “Gomel” darvozasiga kiritilgan ikkita chiroyli gol singari boshqa bellashuvlarda ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishda davom etishi kerak, - deb yozadi soccer365.ru  sayti jurnalisti Anton Martisevich.

BATEning haqiqiy topilmasi, deb baholanayotgan Shahboz Umarov o‘zi qahramon bo‘lgan “Gomel”ga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlamadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, borisovliklar bosh murabbiy Vitaliy Jukovskiy o‘zbek futbolchisiga nisbatan tarbiyaviy usul qo‘llagan. Birinchi turda “Slutsk” darvozasiga jamoasining ilk golini urib, asosiy figura ekanini ko‘rsatgan Shahboz Umarov “Dinamo-Brest”ga qarshi o‘tkazilgan va hisob ochilmagan ikkinchi o‘yinda murabbiyga yoqmaydigan xarakterini ko‘rsatgan.

Murabbiy nazarida Brestdagi bellashuvda yaxshi o‘ynay olmagan legionerimiz, bahs davomida jamoa etakchilaridan biri Pavel Nixaychik bilan qulay pozitsiyadagi jarima zarbasini ijro etishni talashib qolgan.

Aslida tajribali murabbiy Vitaliy Jukovskiy avval ham Shahboz Umarovning xarakteri o‘ziga xosligini inobatga olib, u bilan jiddiy shug‘ullanish lozimligini, shunda o‘zbek futbolchisi yanada kuchayishini ta’kidlagan edi. Mutaxassislar Umarovning salohiyatini yanada ko‘proq namoyon qilishi uchun u o‘yin bobida barqarorlikka erishishi va emotsional nuqtai nazardan o‘zini nazorat qilishni o‘rganishi kerakligini aytmoqda.

20210314225641_1

Biroq, yaxshi bilamizki, sportda inson xarakteri ko‘p narsani hal qiladi. O‘ziga xos xarakterga ega bo‘lgan sportchilar o‘ziga ko‘proq ishonadi, mas’uliyatni bo‘yniga olishdan qo‘rqmaydi, jamoani ortidan ergashtira oladi. Xaraktersiz liderlar bo‘lmaydi. Jahon futbolida bunga misollar juda ko‘p.

Shahboz Umarov uchun ham Belarus oliy ligasi Evropaning kuchliroq ligalari va klublariga o‘tishida tramplin bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Diqqat: Umarovdan zo‘ri yo‘q!

"Ko‘p gol ursam, Abramov termaga chaqiradi!"

To‘purar legionerni terma jamoaga chaqirsak bo‘lmaydimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!