
Murabbiy Xolandni mensimadi
Bundesliganing navbatdagi turida “Gerta” darvozasiga to‘rtta gol urib, “Borussiya”ning 5:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Erling Xoland ustozi Lyusen Favrning gaplaridan ranjiganini bildirdi.
- Uchrashuvdan so‘ng, Favr mendan “Uchta gol urdingmi?”, deb so‘radi. Men unga “To‘rtta urdim. Atigi to‘rtta, qolganiga imkon bermadingiz!”, - dedim. Hozir uning e’tiborsizligidan achchiqlanib o‘tiribman, - dedi Xoland.
Erling uchrashuvning 85-daqiqasida o‘rnini 16 yoshli Yussuf Mukokoga bo‘shatib berdi. Mukoko esa, Bundesliga tarixida debyutini nishonlagan eng yosh futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.
Fikrlar