Murodjon Ahmadaliev aprel oyining eng yaxshi bokschisi, deb topildi (Foto)
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi uchun reytingini yangilagani haqida xabar bergan edik. Shu bilan birgalikda, tashkilot Murodjon Ahmadalievni aprel oyining eng yaxshi bokschisi, deb e’lon qildi.
Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7KO) 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida yaponiyalik majburiy davogar Ryosuke Ivasani (27-4, 17KO) 5-raundda texnik nokautga uchratib, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qilgan edi.

Fikrlar