Murodjon Ahmadaliev hamda Marlon Tapales o‘rtasidagi jangga qayta buyruq berildi

  • 13.12.2022 10:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev va IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar, filippinlik Marlon Tapales o‘rtasida himoya jangiga yana bir bor buyruq berilgan va IBF muzokaralar olib borish uchun har ikkala tomonga 20 dekabrga qadar muddat berganligi ma’lum qilindi. 

Esingizda bo‘lsa, Ahmadaliev va Tapales o‘rtasidagi jangga avvalroq ham buyruq berilib, muddat 25 oktyabrga qadar deb belgilangandi. Biroq, yurtdoshimizning Ronni Riosga qarshi so‘nggi jangida qo‘lidan jiddiy jarohati sabab, IBF  Ahmadalievga yana qo‘shimcha 60 kun muddat belgilagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!