Murodjon Ahmadalievning himoya jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadimi? Uning yordamchi menejeri javob berdi

  • 10 dekabr, 2020, 09:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boksning 55.3 kg vazn toifasida WBA hamda IBF chempioni Murodjon Ahmadalievning ilk himoya jangi Toshkentda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur voqelik xususida "Mir boksa" promouterlik kompaniyasining mijozlari bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilarning yordamchi menejeri Alik Frolov saytimizga bergan intervyusida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 

"Hozircha, bu aniq emas. Baribir birinchi navbatdagi variant AQSh bo‘lib turibdi. Biroq biz Murodjonning himoya jangini O‘zbekistonda o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Bu O‘zbekiston uchun juda katta voqelik bo‘lardi.Tarixda birinchi bor jahon chempionlik kamarining himoya jangi o‘tkazilishi va yana bir qator jahon darajasidagi bokschilar O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Butunjahon bo‘ylab translyatsiyalar amalga oshirilishi barobarida o‘zbekistonlik muxlislar uchun ham bu ajoyib hodisa bo‘lardi. O‘ylaymanki, yaqin vaqtlar mobaynida yurtingiz bokschilarining ko‘pchiligi mashhurlikka erishadi va undan keyin, O‘zbekiston o‘ziga xos professional boks mamlakatiga aylanadi. Tabiiyki, o‘shanda katta boks kechalarini tez-tez o‘tkazish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Nasib qilsa, O‘zbekistonga borish niyatimiz bor. Murodjon Ahmadalievning himoya jangini yurtingizda o‘tkazish imkonini qo‘lga kiritsak, juda ajoyib ish bo‘lardi",-dedi Frolov. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!