Murodjon Ahmadalievning jangi yaqin. U doping testi uchun namuna topshirdi (foto)

  • 05.08.2021 22:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida WVA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliev o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Ronni Riosga qarshi o‘tkazadi. 

Mazkur bahs oldidan Ahmadaliev doping testi uchun namuna topshirdi. 

Xabarlarga ko‘ra, 28 avgustga Las-Vegas shahrida bo‘lishi reja qilingan Ahmadaliev (9-0, 7KO) va Rios (33-3, 16KO) jangi 11 sentyabrga ko‘chirilishi mumkin.

Jang kechasi markaziy bahsida britaniyalik superog‘ir vaznli bokschi Dillian Uayt (28-2, 19KO) amerikalik Jermeyn Franklinga (20-0, 13KO) qarshi ringga ko‘tarilishi, shuningdek birinchi o‘ta engil vazn toifasida birlashtiruvchi jangda Hiroto Kyugochi hamda Elvin Soto bahs olib borishi reja qilingan.

E8AN6TdXIAUW4Wt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!