
Murzakanov 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Rountriga qarshi jangda ishtirok etmaydi, chunki...
Rossiyalik UFC jangchisi Azamat Murzakanov(13-0) pnevmoniya bilan kasallangani sababli Orlandoda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night" turnirida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda MMA XERALD telegram kanali promoushen rahbari Dana Uaytga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda Azamat amerikalik Xalil Rauntri(12-7) bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Xabarlarga ko‘ra,endi uning o‘rniga Entoni Smit jang qiladi. Shu bilan birga, Murzakanov va Rountri o‘rtasidagi jang bir hafta keyinga qoldirildi. Ular endi 10 dekabr kuni Las-Vegasdagi "UFC Fight Night" musobaqasida to‘qnash kelishadi.
Fikrlar