Musso: "Qizil kartochkagacha "Atletiko" "Barselona"dan yaxshiroq o‘ynadi"
“Atletiko” darvozaboni Xuan Musso “Barselona”ga qarshi 1:2 hisobidagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik. Yaxshiroq o‘ynadik, bu tomoshabop va qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Qizil kartochka biz uchun jazo bo‘ldi. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash juda qiyin.
Menimcha, raqib tarkibida ham qizil kartochkaga tortadigan vaziyat bor edi. Bosh hakami buni ko‘rdi. Agar o‘sha epizodda ham chetlash bo‘lganida, o‘yin ancha tenglashgan bo‘lardi. Ammo mayli, endi oldinga qarash kerak.

Bu mag‘lubiyat bizning ishonchimizni susaytirmaydi. O‘n birga qarshi o‘n bir bo‘lgan paytda, menimcha, biz yaxshiroq edik. Bu esa bizga qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi", — dedi Musso.
Fikrlar