Muxlis Ronalduga ta’zim qildi
Portugaliya terma jamoasi muxlisi jamoaning Bosniya bilan o‘yinida maydonga yugurib chiqdi.
Evro-2024 saralash o‘yinining ikkinchi taymida Portugaliya bayrog‘ini ko‘targan muxlis hujumchi Krishtianu Ronalduning yoniga borib, uni quchoqlab oldi va keyin uning oldida tiz cho‘kib, ta’zim qildi.
O‘rnidan turib, muxlis yana 38 yoshli futbolchini quchoqlab, ko‘tardi. U futbolchini joyiga qo‘yib, o‘z suyuklisining gol nishonlash uslubiga taqlid qildi. Shundan so‘ng o‘zini qo‘riqchilar ta’qib qilayotganini ko‘rib, qochib ketdi.

Fikrlar