
Mxitaryan faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Hozircha 32 yoshli armanistonlik futbolchiga qaysi rus klubi xaridor bo‘layotgani ma’lum qilinmayapti. Mxitaryan hozircha o‘zining kelajak faoliyati bo‘yicha qarorini keyinroq bildirmoqchi.
Genrix joriy mavsum “Roma” safida jami 46 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 15 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fikrlar