
Mxitaryan Shomurodov va O‘runovga qarshi o‘ynashi mumkin
Mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazayotgan “Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Transfermarketweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli armanistonlik futbolchiga "Zenit" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq, “Roma” ham uni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bosh murabbiy Paulo Fonseka esa Mxitaryan uchun hatto jamoaning taktik sxemasini o‘zgartirishga ham tayyor.
Mxitaryan bu mavsum “Roma” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar