MYu afsonasi: Ten Xag fantastik murabbiy!

  • 8 oktabr, 2024, 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi sobiq hujumchisi UEyn Runi jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men ten Xagni fantastik murabbiy deb hisoblayman. U o‘zi ishlagan barcha klublarda, jumladan, "Manchester Yunayted"da ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Ammo u hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Men ten Xag hamma narsani o‘zgartira olishini xohlayman. Chunki murabbiylar tez-tez ishdan olinadi, keyin esa yangi mutaxassis bilan jamoani qayta tiklashga to‘g‘ri keladi”, - dedi Runi Goal nashriga bergan intervyusida.

54 yoshli niderlandiyalik murabbiy “Manchester Yunayted”ni 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jamoa uning boshqaruvida Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.

“Qizil iblislar” joriy mavsum APLda 7 turdan so‘ng 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!