MYu aralashuvidan so‘ng "Milan" taklifini yaxshilashga majbur bo‘ldi
"Milan" turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxano‘g‘li bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
26 yoshli xavbek amaldagi kelishuv bo‘yicha milanliklar safida yiliga 2,5 million evro maosh oladi. Futbolchining mutasaddilari esa yangi shartnomada uning maoshini 5 million evrogacha oshirib olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, xavbekning transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirganidan so‘ng, "Milan" tomoni Chalxano‘g‘liga 3,5 million evro maoshli shartnoma hozirlab qo‘ygan.

Fikrlar