
MYu "Bavariya" etakchisini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi va Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Xarri Keyn yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Grexem Beyli xabar bermoqda.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, Keynni "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. "Qizil iblislar"ning egasi Jim Retkliff 31 yoshli bombardirning transferini shaxsan talab qilmoqda.
Xarri "Bavariya" tarkibida 2023-yilning avgustidan beri to‘p surmoqda. Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi, transfer qiymati esa 90 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Keyn APL tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar, uning hisobida 213 ta gol bor.
Fikrlar