
MYu bosh murabbiyi nimadan norozi?
“Manchester Yunayted”ning germaniyalik murabbiyi Ralf Rangnik "qizil iblislar"ning ruhiy jihatdan zaifligidan norozi bo‘lmoqda.
ESPN xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi va uning murabbiylar shtabi “Manchester Yunayted”ning deyarli barcha futbolchilarida katta psixologik muammolar bor, deb hisoblaydi. Bu esa jamoaning muhim ochkolarni qo‘lga kiritishiga katta xalal bermoqda. Rangnik faqat Skott Maktominay va Lyuk Shouning etakchilik fazilatlaridan mamnun.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rangnik qo‘l ostidagi “qizil iblislar” Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi pog‘onani band etib turishibdi.
Fikrlar