MYu Darmianni "A" Seriyaga qaytarib beradi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian Italiya "A" Seriyasiga qaytadi.

29 yoshli futbolchini "Parma" klubi 1,5 mln evroga xarid qiladi.

Futbolchi "Parma" bilan 2+1 ko‘rinishidagi bitimga imzo chekadi.

Eslatib o‘tamiz, MYu Darmianni 2015 yili "Torino"dan 20 mln evroga sotib olgandi.

So‘nggi mavsumda, himoyachi APLning 6 ta bahsida maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!