MYu hujumchisi ijara asosida "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkin

  • 23.07.2019 16:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" xujumchisi Fred faoliyatini Turkiyaning "Galatasaroy" klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Aspor".

Turklar braziliyalik xujumchini ijaraga olishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham "Galatasaroy"ga o‘tishga qiziqmoqda va MYu boshqaruvidagilar bilan bu borada gaplashishga urinmoqda.

Fred 2018 yilning yozida Ukrainaning "Shaxtyor" klubidan MYuga 59 mln evro evaziga transfer qilingan. "Qizil iblislar" safidagi ilk mavsumida 25 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!