MYu Jahon chempioniga bo‘lgan qiziqishni tikladi

  • 31.08.2025 12:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yana bir bor "Aston Villa"ning argentinalik darvozaboni Emiliano Martinesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun urinib ko‘radi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Antverpen"ning belgiyalik darvozaboni Semme Lammens bilan transfer bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda va bu kelishuv transfer oynasining so‘nggi kunida barbod bo‘lishi mumkin.

Transfermarkt portali tomonidan 20 million evroga baholangan Martines 2020 yildan beri "Aston Villa" jamoasi darvozasini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida amaldagi Jahon chempioni 213 ta o‘yinda maydonga tushdi (shundan 70 tasida darvoza daxlsizligini saqlab qoldi) va jami 257 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!